#

Tariximiz

2014 yil 15 martdagi Rasmiy gazetada e'lon qilingan Vazirlar Mahkamasining 2014/5938-sonli qarori bilan Balikesir universiteti Chag'ish shaharchasi (Çağış Kampüsü) hududidagi 11 908 m² maydon "Texnologiyalarni rivojlantirish zonasi" deb e'lon qilindi. Texnologiyalarni rivojlantirish zonasi yoki Texnoparkni boshqarish va uning faoliyatini yuritish uchun mas'ul bo'lgan Balikesir universiteti Texnologiyalarni rivojlantirish zonasini boshqarish AJ (Yönetici A.Ş.) 2015 yil 31 avgustda tashkil etilgan.

Boshqaruvchi kompaniyamiz hamkorlari (sheriklari):

  • Balikesir universiteti
  • Balikesir shahar hokimiyati
  • Balikesir sanoat palatasi
  • Balikesir savdo palatasi
  • Bandirma tovar birjasi
  • Balikesir uyushgan sanoat zonasi
  • Balikesir tovar birjasi
  • Burhaniye savdo palatasi
  • Bandirma uyushgan sanoat zonasi

Texnopark binosining poydevori 2018 yil aprel oyida qo'yildi va bino qurilishi Sanoat va texnologiyalar vazirligi ko'magida 2019 yil avgust oyida yakunlandi. Kompaniyalardan loyiha arizalarini qabul qilish 2019 yil oktyabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda.